Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” muzeyi 6-8 may kunlari yopiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Xotira va qadrlash kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish uchun muzeyda yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, majmua hududida tozalash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning hududida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyi hududida ziyoratchilarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi.