AQSH va Xitoy delegatsiyalari 90 kun ichida o‘zaro bojlarni 115 foizga kamaytirishga kelishib oldi. Bu haqda DW nashri yozmoqda.
Vashington Xitoy mahsulotlariga bojlarni 145 foizdan 30 foizga, Pekin esa 125 foizdan 10 foizga tushirishi kutilmoqda. Kelishuv bandlari 14-mayga qadar amalga oshiriladi. Yuqoridagi harakatlar amalga oshirilgach, tomonlar iqtisodiy va savdo aloqalarini muhokama qilishni davom ettirish mexanizmini yaratadi.
AQSH Moliya vazirligi rahbari Skott Bessentning aytishicha, tomonlarning hech biri munosabatlarning uzilishini istamaydi. Jenevada Pekin va Vashington delegatsiyalarining savdo munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar savdo taqchilligini kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lishdi.