Ijtimoiy tarmoqlarda keksa erkakning to‘y kortejida xavfli haydayotgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyati YHXB vaziyatga izoh berdi.
Huquq-tartibot xodimlari video Pastdarg‘om tumanidagi “Qarshiobod” mahallasining ichki yo‘lida tasvirga olinganini aniqlashdi. Bir guruh haydovchilar to‘y marosimi paytida yo‘nalishni keskin o‘zgartirib, to‘da-to‘da bo‘lib harakatlanishgan. Keksa kishi ularga qo‘shilib, yo‘lda drift qilgan.
Ushbu qoidabuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (Yo‘l xuligan xatti-harakatlari) 10-qismi va 129-moddasi (Haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakatlanishda ishtiroki) bo‘yicha chora ko‘rildi. Transport vositalari jarima maydoniga jo‘natildi.