Jizzaxda to‘y libosidagi bir nechta qizni suratga olish va reklamada «er qidiryapman» yozuvi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xabar bermoqda.

To‘y liboslari saloni boshqaruvchisi va videoni suratga olgan bloger 49-moddaning 1-qismi (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bo‘yicha voyaga yetmaganlarni ishga jalb qilgani uchun 15 BHM (5 mln 625 ming) jarimaga tortildi.

Holat «Xalqobod» mahallasida sodir bo‘lgandi. «Gulruh» go‘zallik saloni rahbari va bloger kelinlik libosidagi qizlarning «Er qidiryapman» yozuvi bilan ko‘chalarda sayr qilayotgani aks etgan videoni reklama qilish uchun suratga olishga qaror qildi. Oila va xotin-qizlar bosh boshqarmasi «milliy qadriyatlar» himoyasiga otlandi va profilaktik suhbat uchun ishtirokchilarni chaqirdi.