Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.
Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda barcha valyutalar qimmatlashadi. 30-iyun kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi:
- AQSH dollari – 12 654,13 so‘m;
- Yevro – 14 817,99 so‘m;
- Rossiya rubli – 161,18 so‘m.
Shuningdek, Markaziy bank 27-iyun kungi oltin o‘lchov quymalari narxini yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 377 200 so‘mni tashkil etadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:
- 5 gramm – 6 886 000 so‘m;
- 10 gramm – 13 772 000 so‘m;
- 20 gramm – 27 545 000 so‘m;
- 50 gramm – 68 862 000 so‘m;
- 100 gramm – 137 724 000 so‘m.