Toshkent viloyatida erkak turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirdi. Bu haqda Millar reportajida aytiladi.

Erkak o‘ta shafqatsizlik bilan 24 yoshli xotinini kaltaklagan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

Sud erkakni Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 8-qismi “b” va “g” bandlari (Takroran sodir etilgan va jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan aybdor deb topdi. Unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Marhumaning onasining so‘zlariga ko‘ra, uning bir yoshli farzandi qolgan, erkakning o‘zi esa uch marta uylangan.