Toshkent viloyatida Ohangaron shahar hokimligi bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.
Amaldor mahalliy fuqaroga sud tizimidagi tanishlari yordamida hokimlik balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan 3 xonali kvartirani uning nomiga rasmiylashtirishda ko‘maklashishga va’da bergan.
Buning uchun u 18,5 ming dollar talab qilgan, shundan 15 ming dollari kvartira narxi va 3,5 ming dollari sud organlaridagi tanishlari uchun. U 9,5 ming dollar miqdoridagi avansni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olingan.