O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi yarmida 5 mingdan ortiq noqonuniy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlari qayd etildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vaziyat markazi tomonidan o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida mutaxassislar 5215 ta noqonuniy chiqindi tashlash holatlarini qayd etishga muvaffaq bo‘lishdi. Natijada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan 14 728 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Jarimalarning umumiy miqdori 7,9 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 3,3 mlrd so‘mi belgilangan tartibda undirib bo‘lingan. Shuningdek, mutaxassislar statistikani o‘rganib chiqib, eng ko‘p qoidabuzarlik Namangan viloyatida qayd etilganini ta’kidladilar — 1563 ta holat, keyingi o‘rinda 1443 ta holat qayd etilgan Andijon viloyati, uchinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati — 1163 ta holat.
Fuqarolardan qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish va atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, chiqindilarni faqat maxsus ajratilgan joylarga tashlash lozimligi eslatib o‘tildi.