23 iyul kuni Farg‘onada Nexia daraxtga borib urildi, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Soat 16:00 larda Quva tumani «Tolmozor» mahallasi hududidan o‘tuvchi D-105 avtomobil yo‘lining 186-kilometrida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Nexia-3 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan 32 yoshli haydovchi quvib o‘tish qoidalarini buzgan, natijada boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetidagi daraxtga borib urilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilning bir nafar yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-yanvardan boshlab majburiy avtosug‘urta bo‘yicha sug‘urta summasi ikki baravarga – 80 mln so‘mgacha oshiriladi.