O‘zbekistonning Shri-Lankadagi elchisi (qarorgohi Islomobod shahrida) Alisher To‘xtayev ushbu mamlakat TIV davlat protokoli rahbari Roxana Ambagollaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.

Roxana Ambagolla O‘zbekiston rahbariyatiga Shri-Lankadagi birinchi elchi etib tayinlangani uchun minnatdorlik bildirdi. Uchrashuvda Shri-Lanka O‘zbekiston bilan barcha sohalarda, ayniqsa, savdo, logistika, ta’lim va turizm yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni tez fursatda kengaytirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Tovar ayirboshlashni 50 million dollarga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, Alisher To‘xtayev 2024-yil oktyabr oyidan buyon O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi hisoblanadi.