Ijtimoiy tarmoqlarda erkak ko‘chada ayolni kaltaklayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Toshkent viloyati IIBB holat yuzasidan izoh berdi.

Voqea 31 iyul kuni soat 05:00 atrofida Yangiyo‘l tumanida sodir bo‘lgan. Er-xotin, 27 yoshli erkak va 20 yoshli ayol uyda janjallashib qolgan.

Janjal paytida turmush o‘rtog‘i uyidan olgan oshxona pichog‘i bilan erining mashinasi shinasiga sanchgan. Erkak pichoqni olishga uringan, biroq ayol uni berishdan bosh tortgan, shundan so‘ng erkak uni qattiq kaltaklagan.

Er-xotin ushbu mojaro yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.