Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida bir necha kundan buyon qidiruvda bo‘lgan bolaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

17 avgust kuni 23 yoshli fuqaro M.B.ning 4 yoshli o‘g‘li yo‘qolgani haqida ariza bilan murojaat qilgan. Uning aytishicha, bola 16 avgust kuni uydan chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Voqea joyiga tegishli idoralar va tezkor-tergov guruhi vakillari yetib borgan.

Bolaning jasadi 18 avgust kuni topilgan. U “Yangiturmush” mahallasidan oqib o‘tuvchi ariqdan topilgan. Mutaxassislar hech qanday tan jarohati olmagan. Tuman prokuraturasi xodimlari tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.