Ijtimoiy tarmoqlarda ota o‘z qizi va o‘g‘lini ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani va IIB izoh berdi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, videoda aks etgan holat Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan. Erkak oilaviy mojaro davomida ikki nafar bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik ishlatgan. Bolalar ombudsmani idorasining ma’lum qilishicha, otaga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi, bolalar xavfsiz muhitga joylashtirilgan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (Qiynoqqa solish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Erkak 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Bolalar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi, u yerda ularga zarur psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.