12-sentyabrda O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati kunduzi 23-39°, janubda 39° gacha, sharqda 35° gacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 33-35° bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 24-29°, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi.