В ходе Мировой атомной недели в Москве подписаны два стратегических документа, определяющих новый этап проекта строительства первой атомной электростанции в Узбекистане.
Birinchisi — “Rosatom. Energetika loyihalari” AJ va “AES qurilishi bo‘yicha direksiya” DK o‘rtasida 2025-yil 20-iyunda tuzilgan shartnomaga qo‘shimcha kelishuv. Unda kelajakdagi integratsiyalashgan stansiyaning tuzilishi belgilangan: bir maydonda 3+ avlodga mansub ikkita yuqori quvvatli SSER-1000 reaktori hamda ikkita kichik modulli RITM-200N reaktori quriladi.
Ikkinchisi — ikkala turdagi reaktorlar uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning asosiy shartlari, shu jumladan ehtiyot qismlar, montaj va nazorat uskunalari to‘g‘risidagi kelishuv.
“O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev Jizzax viloyatida Markaziy Osiyoda ilk bor kichik modulli va klassik atom energetikasi texnologiyalarini o‘zida mujassam etgan majmua tashkil etilayotganini ta’kidladi. “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida bir maydonda kichik va katta quvvatli stansiyalar ishlaydigan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ladi.