Shavkat Mirziyoyev “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

2025-2027 yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, issiqxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar etib quyidagilar belgilandi:

  • доведение объемов экспорта плодоовощной и продовольственной продукции до $3,5 млрд в 2026 году и до $4 млрд в 2027 году;
  • tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlangan issiqxona xo‘jaliklarida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini 620 ming tonnaga yetkazish
  • tonnaga va 2027-yilda 670 ming tonnaga yetkazish hamda ushbu mahsulotlarning eksport hajmini 30 foizdan 70 foizga oshirish;
  • 2026-yilda qo‘shimcha 20 ming gektar va 2027-yilda 15 ming gektar maydonga mevali daraxt va sabzavot ko‘chatlarini ekishni tashkil etish.

Issiqxona xo‘jaliklarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;
  • 2025-yil 1-oktyabr holatiga mavjud soliq qarzini to‘lash muddati 2028-yil oxiriga qadar foizlar hisoblanmagan holda uzaytiriladi.