O‘zgidromet sinoptiklari dam olish kunlaridagi ob-havo haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz, iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 25-26 oktyabr kunlari Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Havo harorati 24 oktyabrda 25-30 daraja, shimolda 21-26 daraja atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasaya boshlaydi va 25 oktyabrda 23-28 daraja, 26 oktyabrda 21-26 daraja, shimolda 25-26 oktyabrda 19-24 daraja bo‘ladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun kunduzi 28-30 daraja, shanba kuni 25-27 daraja, yakshanba kuni 24-26 daraja bo‘ladi.