Toshkent viloyatida dars paytida bolalarni urib, haqorat qilgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat MMTB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining xatti-harakatlari qonunga zid ekanligi, pedagogik etika va tarbiya me’yorlariga mos kelmasligi aniqlandi.

Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari holatni to‘g‘ri tahlil qilmagan va pedagogga nisbatan intizomiy chora ko‘rmagan.

Ayni paytda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Direktor o‘rinbosariga hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.