Moskvada 2026-yilda migrantlar uchun patent tariflari 8,9 ming rubldan 10 ming rublgacha oshiriladi. Tegishli qaror Moskva shahar dumasi deputatlari tomonidan qabul qilindi. Bu haqda TASS yozmoqda.

2025-yilda Moskva shahri hududida mehnat bozorining mintaqaviy xususiyatlarini aks ettiruvchi koeffitsiyent miqdori 2,8592 ni tashkil etib, patent qiymati 8,9 ming rubl miqdorida belgilangan.

Mehnat migrantlari tomonidan an’anaviy ravishda talab qilinadigan tarmoqlarda o‘rtacha ish haqining o‘sishini hisobga olgan holda, 2026-yilda ko‘rsatilgan mintaqaviy koeffitsiyentni 2,9323 miqdorida belgilash taklif qilinmoqda, buning natijasida patent narxi oyiga 10 ming rublgacha oshadi.

Hujjat Rossiya poytaxtining soliq qonunchiligini takomillashtirishi va uni federal qonunchilikka muvofiqlashtirishi kerak.