Senat 1-noyabr kuni yo‘l harakati qoidalarini mayda buzganlik uchun ogohlantirishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlar uncha jiddiy bo‘lmagan huquqbuzarliklar uchun jazoni yengillashtirishi, avtomatik foto va video qayd etish vositalari orqali olingan jarimalarni qo‘llashni tartibga solishi lozim.

17−1-moddada yo‘l foto va videokameralari tomonidan qayd etilishi kerak bo‘lgan qoidabuzarlik turlari sanab o‘tilgan. Ular uchun ma’muriy jazo ular sodir etilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi kerak.

Bundan tashqari, 24−1-modda birinchi marta sodir etilgan bir qator kichik huquqbuzarliklar uchun sanksiya sifatida ma’muriy ogohlantirish chorasini joriy etadi. Inspektorlar qoidabuzarlarga jarimalar o‘rniga ularning qilmishlarining ijtimoiy oqibatlarini tushuntiradi.

Ogohlantirish beriladigan qoidabuzarliklar ro‘yxati:

  • xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlanish (MJtK 125-moddasining 1-qismi);
  • avtomobilda qonun hujjatlarida talab qilinadigan buyumlar — o‘t o‘chirgich, dori qutichasi, avariya vaqtida to‘xtash belgisi, yorug‘likni qaytaradigan nimcha (125-moddaning 2-qismi) yo‘qligi;
  • transport vositasi texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaganda (125-moddaning 2-qismi);
  • rulda telefon yoki monitordan foydalanish (128.1−128.2-moddalar);
  • to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish (128.6-modda);
  • OSAGO sug‘urta polisining mavjud emasligi (135.1-modda);
  • piyodalar, velosipedchilar, skuterlar, mopedlar, SIMlardan foydalanuvchilar tomonidan sodir etiladigan qoidabuzarliklar (138-modda).