4-noyabrda O‘zbekistonning qator hududlarida shamolning kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Ko‘rsatilgan hududlar aholisi va mehmonlariga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etildi. Iloji boricha ochiq havoda bo‘lishni cheklash va ko‘chaga chiqayotganda himoya niqoblaridan foydalanish.