O‘zgidromet 4-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Bugun kunduzi yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-7° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.