Markaziy bank O‘zbekistonda xorijiy valyutalarning yangilangan qiymatini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, tengedan tashqari deyarli barcha kotirovkalar arzonlashgan. 6-noyabr kungi asosiy kurslar quyidagicha bo‘ladi

  • AQSH dollari — 11 9720,67 so‘m
  • Yevro — 13 748,31 so‘m;
  • Rossiya rubli — 147,59 so‘m.

Markaziy bank 5-noyabr uchun oltin o‘lchov quymalari narxini ham yangiladi: ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy bankining 1 gramm oltini 1 597 450 so‘m turadi. Quyida o‘lchovli quymalarning kotirovkalari keltirilgan:

  • 5 gramm — 7 832 000 so‘m;
  • 10 gramm — 15 665 000 so‘m;
  • 20 gramm — 31 330 000 so‘m;
  • 50 gramm — 78 324 000 so‘m;
  • 100 gramm — 156 648 000 so‘m.