2025-yil noyabr oyida 289 ta holatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Bir oyda 82,3 mlrd so‘mlik 27,2 mln kub metr gaz va 50,4 mlrd so‘mlik 26,1 mln kVt/soat elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Umumiy zarar 132 mlrd 752 mln so‘mni tashkil etgan.
Energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun 518 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.