Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda yoppasiga chiroq o‘chishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi holatga izoh berdi.
Idoraning ma’lum qilishicha, ushbu ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar egalari tomonidan faqat e’tiborni jalb qilish maqsadida tarqatilmoqda.
Shu bilan birga, zarurat tug‘ilganda ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkinligi, bu haqda oldindan rasman xabar berilishi haqida xabar berilgan edi.
Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq ma’murlaridan tasdiqlanmagan va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raldi. Eslatib o‘tamiz, bunday xatti-harakatlar uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik belgilangan.