O‘zgidromet sinoptiklari joriy hafta uchun ob-havo prognozini taqdim etdi.

15-dekabrda kunning birinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 2-5° iliq bo‘ladi.

Ertaga, 16dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

17-19 dekabr kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat 17-dekabrda kechasi 1-4 daraja iliq, kunduzi 4-7 daraja iliq, 18-19 dekabrda kechasi 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-3 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 17-18-dekabr kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 15-dekabr kuni ertalab biroz qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 3-5° iliq. Ertaga, 16 dekabr kuni kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi harorat 1 daraja sovuq–1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

17-19-dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 18-19-dekabrda qorga aylanadi). Harorat 17 dekabrda kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq, 18-19 dekabrda kechasi 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-3 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.