19-dekabrda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechqurun Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Ba’zi joylarga tuman tushgan. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushgan. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.