O‘zbekistonda 2025-yil meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yillardan biri bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Sinoptiklarning ta’kidlashicha, 2025-yil 2016 va 2023-yillar bilan bir qatorda O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillardan biri bo‘lgan, bir qator hududlarda, jumladan, Toshkentda eng issiq yillar reytingida birinchi o‘rinni egallagan.
Shu bilan birga, 2025-yil juda quruq keldi. Aksariyat viloyatlarda yillik yog‘ingarchilik miqdori me’yorning 50-80 foizini tashkil etdi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlari va chekka janubida yillik yog‘ingarchilik miqdori iqlimiy me’yorga yaqin bo‘ldi.
Mamlakatning katta qismida apreldan noyabrgacha bo‘lgan barcha oylar quruq va o‘ta quruq bo‘lgan. O‘tgan yilning eng yog‘ingarchiliklisi dekabr oyi bo‘ldi.