Abduqodir Husanov 2025-yil yakunlari bo‘yicha postsovet hududidagi eng qimmat o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Transfermarkt xabar bermoqda.

Bir yil ichida Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi 23 mln yevroga qimmatlashdi, endi futbolchining transfer narxi 35 mln yevroni tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rindan Moskvaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Matvey Kislyak joy oldi. Kuchli uchlikni Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Aleksey Batrakov yakunlab berdi.