Buyuk Britaniyada televideniyeda fastfud reklamasi soat 21:00 gacha cheklandi, shuningdek, internetda reklama qilish to‘liq taqiqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, qaror bolalar semizligi holatlarini kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan. Reklama standartlari boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadigan yangi qoidalar tarkibida yog‘, shakar va tuz miqdori yuqori bo‘lgan 13 toifadagi mahsulotlarga nisbatan cheklovlarni o‘z ichiga oladi.

Rasmiylar yangi qoidalar bolalar iste’molini yiliga 7,2 milliard kaloriyagacha kamaytirishi, semiz bolalar sonini 20 ming kishiga kamaytirishi va vaqt o‘tishi bilan sog‘liqni saqlash tizimi uchun taxminan 2 milliard funt sterlingni tejashini kutmoqda. Idoraning eslatishicha, Angliyadagi boshlang‘ich maktablarda bolalarning 22,1 foizi ortiqcha vazn yoki semizlikka ega, o‘qishni tugatgunga qadar esa bu ko‘rsatkich 35,8 foizga yetadi.