Farg‘ona viloyatida xususiy bog‘cha tabiiy gazga noqonuniy ulangani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Organ ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar xususiy bog‘cha hisoblagichigacha rezina shlang yordamida yashirin chiziq tortilganini aniqlagan.
Yetkazilgan zarar 600 mln so‘mni tashkil etgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.