2025-yilning noyabr oyida jahon Markaziy banklari 45 tonna oltin sotib oldi. Bu World Gold Council ma’lumotlaridan kelib chiqadi.

Xaridlar hajmi oktyabr oyiga nisbatan biroz pasaygan bo‘lsa-da, 2025-yilning avvalgi oylariga nisbatan yuqori darajada saqlanib qoldi. Noyabr oyida eng faol xaridorlar Polsha Markaziy banki (+12 tonna) va Braziliya Markaziy banki (+11 tonna) bo‘ldi.

Shuningdek, xaridorlar orasida O‘zbekiston (+10 tonna), Qozog‘iston (+8 tonna), Qirg‘iziston (+2 tonna), Chexiya (+2 tonna), Xitoy (+1 tonna) va Indoneziya (+1 tonna) qayd etilgan. Asosiy sotuvchilar Iordaniya (-2 tonna) va Qatar (-1 tonna) bo‘ldi.