TXAYda «Qoʻyliq» bozori yonida Li Auto L9 haydovchisi piyodani urib oʻldirdi
1-noyabr kuni Toshkent xalqa avtomobil yoʻlida «Qoʻyliq» qurilish bozori yonida 2004 yilda tugʻilgan Li Auto L9 haydovchisi yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtayotgan erkakni urib yubordi. 1985 yilda tugʻilgan piyoda voqea joyida halok boʻldi. YTH yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkentning Yashnobod tumanida Li Auto L9 krossoveri haydovchisi piyodani urib oʻldirdi, deya xabar berdi poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati.
YTH 1-noyabr kuni soat 18:00 atrofida Toshkent xalqa avtomobil yoʻlida, «Qoʻyliq» qurilish bozori yonida sodir boʻlgan. Rulda 2004 yilda tugʻilgan haydovchi boʻlgan.
YHXB maʼlumotiga koʻra, 1985 yilda tugʻilgan piyoda yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtgan. Olgan jarohatlari tufayli u voqea joyida vafot etgan.
Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, iyul oyida Samarqandda YPX inspektori xizmat avtomobilida piyodani urib oʻldirgan edi.
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.