Ijtimoiy tarmoqlarda erkak o‘z itini o‘ldirib, keyin uni go‘shtga bo‘lib tashlagani aks etgan video paydo bo‘ldi. Toshkent viloyati IIBB holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, video lavhalar 2025-yil sentyabr oyida tasvirga olingan. Itning egasi Yangiyo‘l shahrining “Sabo” mahallasida yashovchi 27 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi.
Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni qo‘lga olgan. Unga nisbatan MJtKning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Unga ko‘ra, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.