Xorijdan qaytgan 250 ming oʻzbekistonlikka yil oxirigacha ish topib beriladi

Yil boshidan buyon xorijda ishlagan 1 mln 116 ming kishi Oʻzbekistonga qaytdi. Prezident hokimlar va idoralarga yil oxirigacha ulardan 250 ming nafarini ish bilan taʼminlashni topshirdi. Buning uchun qaytgan fuqarolarning kasbi va ish staji haqidagi maʼlumotlar jamlangan platforma yaratiladi.

O‘zbekiston
Фото: Jean Housen / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0. Иллюстративное фото

Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijdan qaytgan 250 ming fuqaroga yil oxirigacha munosib ish topib berishni topshirdi. Yil boshidan buyon vatanga jami 1 mln 116 ming kishi qaytgan.

Ular orasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Rossiyada sanoat, qurilish, logistika, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligida ishlagan mutaxassislar bor.

Prezident soʻzlariga koʻra, xorijdagi yirik korxonalarda zamonaviy texnologiyalar va mehnat madaniyatini oʻzlashtirgan odamlar mahalliy kompaniyalar uchun katta qadrga ega. Hokimlar va tarmoq idoralari rahbarlariga ularga munosib ish taklif qilish va tajribasidan foydalanish topshirildi.

Buning uchun qaytgan fuqarolarning ish joylari, kasblari va mehnat staji haqidagi maʼlumotlar jamlangan platforma yaratiladi. Undan hokimlar va idoralar rahbarlari foydalanadi.

Oʻz biznesini ochmoqchi boʻlganlarga maslahat koʻmagi koʻrsatiladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyada maoshi past migrantlar uchun cheklovlar tayyorlanmoqda.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Slovakiya o‘zbekistonliklar uchun milliy viza olish tartibini soddalashtirishni muhokama qilmoqda O‘zbekiston Germaniyada ishlash uchun yuk mashinasi haydovchilari tanlovga taklif qilindi PRO Pul Канадага беш минг нафар Ўзбекистон фуқароси ишга таклиф қилинмоқда Янгиликлар Toshkent metrosi toʻqqiz oyda 225,7 mln yoʻlovchi tashidi — bir yil oldingidan 20 mln koʻp O‘zbekiston