Oʻzbekistonga ehtiyot qismlar niqobida olib kirilgan yaroqsiz gaz qozonlari tufayli 18 kishi is gazidan halok boʻldi — FVV

Fargʻona viloyati FVB is gazidan zaharlanib 18 kishining halok boʻlishini Germaniyada utilizatsiyaga joʻnatilgan, soʻngra Oʻzbekistonga noqonuniy olib kirilib, boʻyab, yangi sifatida sotilgan Vaillant gaz qozonlari bilan bogʻladi. Halok boʻlganlar Fargʻona tumani, Toshkent va Qoʻqonda. Idora qozonlarni tekshirishni soʻradi.

O‘zbekiston
Фото: 384 / Wikimedia Commons, CC BY-SA 4.0. Иллюстративное фото

Oʻzbekistonda nosoz isitish qozonlari sababli 18 kishi is gazidan zaharlanib halok boʻldi, deya xabar berdi Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Idora maʼlumotiga koʻra, gap Germaniyada yaroqsiz deb topilib, utilizatsiyaga joʻnatilgan nemis Vaillant markasidagi ikki konturli gaz qozonlari haqida bormoqda. Tadbirkorlar ularni ehtiyot qismlar niqobida Oʻzbekistonga olib kirib, tashqi koʻrinishini tuzatgan va xaridorlarga yangi sifatida sotgan.

Qozonlar asl tutun quvurlarisiz yetkazilgan. Ularning oʻrniga yuqori haroratda yumshab, mahkamlagichlardan chiqib ketadigan polietilen kanalizatsiya quvurlari oʻrnatilgan. Bundan tashqari, «taʼmirlash» paytida havo olish quvuri mato bilan berkitilgan. Kislorod yetishmasligi sababli gaz toʻliq yonmagan va xonalarda is gazi toʻplangan.

Ilk qurbonlar 25-oktabrda qayd etilgan: Fargʻona tumanining Chimyon qishlogʻida bir oilaning yetti aʼzosi zaharlangan, oʻsha kuni Toshkentda olti kishi halok boʻlgan. 1-noyabr kuni Qoʻqonda yana besh kishi vafot etgan. FVV maʼlumotiga koʻra, barcha holatlarda qozonlarda bir xil qoidabuzarliklar boʻlgan.

Idora oʻrnatilgan gaz qozonlarini tekshirish va Vaillant qozonlarini sotib olishda ehtiyot boʻlishga chaqirdi. Bunday qozonlar olib qoʻyilayotgani haqida hozircha xabar berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, iyul oyida Angrenda yosh juftlik is gazidan zaharlanib halok boʻlgan edi.

Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Qashqadaryoda FVV xodimi cho‘kib ketayotgan bolani qutqarib qoldi O‘zbekiston Toshkent tog‘larida oila farzandini unutib qoldirdi: qutqaruvchilar bolani topdi O‘zbekiston Samarqandda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi O‘zbekiston Qo‘qondagi turar joy binosida portlash sodir bo‘ldi: voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda O‘zbekiston