KXDR Binance’dan 6,5 mlrd dollar oʻgʻirlashni rad etdi: Kim Chen Inning singlisi FBRni mamlakatga qora chaplashda aybladi

KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Jong AQShning Binance kriptobirjasidan 6,5 mlrd dollar oʻgʻirlash haqidagi ayblovlarini rad etdi. Uning soʻzlariga koʻra, FBR Shimoliy Koreyaga qora chaplamoqchi va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmoqda. Oʻtgan yili Vashington shimoliy koreyalik xakerlarni Bybit’ga hujumda ham ayblagan edi.

Dunyo
Фото: Nicor / Wikimedia Commons, CC BY-SA 3.0. Иллюстративное фото

Shimoliy Koreya AQShning Binance kriptobirjasiga xakerlik hujumiga aloqadorlik haqidagi ayblovlarini rad etdi. Xabar qilinishicha, hujum paytida 6,5 mlrd dollar oʻgʻirlangan.

Bayonot bilan KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Jong chiqdi. U FBR mamlakatga qora chaplashga urinayotganini va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashib, ularni nazorat qilmoqchi ekanini aytdi.

Kim Yo Jong AQSh KXDRni kriptobirjalarga kiberhujumlarda birinchi marta ayblamayotganini eslatdi. Oʻtgan yili Vashington Bybit’ga hujum uchun shimoliy koreyalik xakerlarni aybdor deb topgan.

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil yanvarida Binance Oʻzbekistonda mahalliy hamkor orqali ish boshlashi xabar qilingan edi.

Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Tramp Kim Chen In bilan muloqotni qayta tiklamoqchi Dunyo КХДР яна Жанубий Кореяни ахлат тўплари билан бомбардимон қилди: бунга жавобан Сеул овоз кучайтиргичлар орқали ташвиқот ишларини бошлайди Dunyo KXDR fuqarosi Kim Chen Indan 100 yoshga to‘lishi munosabati bilan dasturxon oldi Янгиликлар Жанубий Корея президенти давлат ташрифи билан Ўзбекистонга келди Янгиликлар