Texnogen favqulodda vaziyatlarda halok boʻlganlarning oilalariga 220 mln soʻmgacha toʻlanadi — pulni aybdor kompaniyalar toʻlaydi

Vazirlar Mahkamasi texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan yetkazilgan zararni qoplash tartibini tasdiqladi. Halok boʻlgan shaxsning oilasi 500 BHMgacha (220 mln soʻm), jabrlanganlar jarohat ogʻirligiga qarab 44 mln soʻmdan 88 mln soʻmgacha oladi. Pul aybdor deb topilgan tashkilot va mansabdor shaxslardan undiriladi.

O‘zbekiston
Фото: Vzglyad.uz

Oʻzbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholash va qoplash tartibi tasdiqlandi. Bu Vazirlar Mahkamasining 3-noyabrdagi 606-son qaroridan maʼlum boʻldi.

Hokimliklar huzurida qoplash jamgʻarmalari tashkil etiladi. Kompensatsiya miqdorini iqtisodiyot va moliya hududiy organlari bilan kelishilgan holda komissiya belgilaydi.

Bir martalik yordam quyidagicha boʻladi:

  • halok boʻlgan shaxsning oilasiga (turmush oʻrtogʻi, farzandlari, ota-onasi, qaramogʻidagilar) — 500 BHMgacha, yaʼni 220 mln soʻm, summa qarindoshlar oʻrtasida teng taqsimlanadi;
  • ogʻir jarohatlarda — 200 BHMgacha, yaʼni 88 mln soʻm;
  • oʻrtacha ogʻirlikdagi jarohatlarda — 150 BHMgacha, yaʼni 66 mln soʻm;
  • yengil jarohatlarda — 100 BHMgacha, yaʼni 44 mln soʻm.

Toʻlovni favqulodda vaziyat yuzaga kelishida aybdor deb topilgan yuridik shaxslar yoki ularning mansabdor shaxslari amalga oshiradi.

Eslatib oʻtamiz, bugun ertalab FVV yaroqsiz gaz qozonlari tufayli 18 kishining is gazidan halok boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Oʻzbekistonga ehtiyot qismlar niqobida olib kirilgan yaroqsiz gaz qozonlari tufayli 18 kishi is gazidan halok boʻldi — FVV O‘zbekiston Qashqadaryoda FVV xodimi cho‘kib ketayotgan bolani qutqarib qoldi O‘zbekiston Toshkent tog‘larida oila farzandini unutib qoldirdi: qutqaruvchilar bolani topdi O‘zbekiston Samarqandda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi O‘zbekiston