Boshqa mashinaning yoʻlini toʻsgan: Samarqanddan tarqalgan video qanday yakunlandi

Samarqandda ijtimoiy tarmoqlardagi videodan soʻng Spark avtomobilini boshqargan ayolga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Videoda mashina Amir Temur koʻchasida ataylab boshqa haydovchining yoʻlini toʻsgan va avariya holatlarini yaratgan, deya xabar berdi viloyat YHXB.

O‘zbekiston
Фото: Akhemen

Samarqand viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan soʻng koʻrilgan choralar haqida maʼlum qildi.

Yozuvda Spark avtomobili haydovchisi Amir Temur koʻchasida ataylab avariya holatlarini yaratgan va boshqa mashinaning yoʻlini toʻsgan. Tekshiruv natijasida rulda ayol boʻlgani aniqlandi.

Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning haydovchilar tomonidan toʻsqinlik va avariya holatlarini yaratish hamda qarama-qarshi harakat boʻlagiga chiqish haqidagi moddasi boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda mashinalardan tushib koʻchani toʻsgan sakkiz nafar toʻy mehmoni 7 sutkaga qamalgan edi.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Farg‘ona va Samarqand aeroportlari yaqinida havo nazorati stansiyalari o‘rnatildi O‘zbekiston Xitoy kompaniyasi Toshkent—Samarqand pulli yo‘lini quradi O‘zbekiston Samarqandda giyohvandlik jinoyatlarining transmilliy tahdidlariga qarshi kurashish bo‘yicha forum bo‘lib o‘tmoqda O‘zbekiston Samarqandda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi O‘zbekiston