Oʻzbekistonda ekstremistlar haqida xabar berganlarga pul toʻlanadi: yangi qonunda nima deyilgan

Shavkat Mirziyoyev 2 noyabrda ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1185-son qonunni imzoladi. Ekstremistik faoliyat haqida xabar berganlarga moliyaviy ragʻbat hamda oʻzi va oilasi uchun davlat himoyasi vaʼda qilingan. Toʻlov tartibini Vazirlar Mahkamasi uch oy ichida tasdiqlashi kerak.

O‘zbekiston
Фото: Vzglyad.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 noyabrda ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1185-son qonunni imzoladi. Unda ekstremistik faoliyat haqida xabar beradigan shaxslarni himoya qilish va ragʻbatlantirish choralari paydo boʻldi.

Bunday fuqarolar va ularning qarindoshlari davlat himoyasiga olinadi. Ular «Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonundagi xavfsizlik choralaridan foydalana oladi.

Qonunda pul bilan ragʻbatlantirish ham nazarda tutilgan. Qanday toʻlanishini Vazirlar Mahkamasi uch oy ichida belgilashi kerak. Toʻlovlar bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalar shugʻullanadi.

Bundan tashqari, davlat organlari, tashkilotlar va mahalla yigʻinlari oʻz vakolatlari doirasida maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ekstremizmning oldini olish va unga chek qoʻyishda yordam berishi shart.

Eslatib oʻtamiz, avgustda Senat ekstremizm haqidagi qonunlarga tuzatishlarni maʼqullagan edi.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Taqiqlangan ekstremistik va terroristik internet-resurslar ro‘yxati e’lon qilindi O‘zbekiston Самарқандда президентни ҳақоратлаган эркак руҳий касалликлар шифонохасига ётқизилди Янгиликлар Фарғонада экстремизмни тарғиб қилган «Ҳизб ут-Таҳрир ал-Исломий» аъзоси қўлга олинди Янгиликлар Prezident «oʻzbek ishi»ni esladi: u bugungi paxta hosilini nima bilan taqqosladi O‘zbekiston