Oʻsmirlar soxta raqam va chiroqlar bilan yurgan: sotuvchining ishi nima bilan tugadi

Toshkentda sud mashinasining yukxonasidan soxta raqamlar topilgan 17 yoshli haydovchini 6,6 mln soʻm jarimaga tortdi. Bunday raqamlarni sotgan Qirgʻiziston fuqarosi 66 mln soʻm jarima oldi va uni toʻlagach deportatsiya qilinadi. U voyaga yetmagan shaxsni jinoyatga jalb qilishda ham aybdor deb topildi.

O‘zbekiston
Фото: Normann

Poytaxtning Yunusobod tumanida ichki ishlar xodimlari Malibu 2 rulidagi 17 yoshli oʻsmirni toʻxtatdi, deb xabar berdi Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati. Mashinaga maxsus tovush signallari va yonib-oʻchuvchi chiroqlar oʻrnatilgan, old oynasi qoraytirilgan, yukxonasida esa soxta davlat raqamlari boʻlgan.

Shunga oʻxshash holat avvalroq Mirzo Ulugʻbek tumanida qayd etilgan: maktab oʻquvchisi KIA avtomobilida soxta raqamlar va taqiqlangan uskunalar bilan yurgan. Unga va ota-onasiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilgan. Oʻsmir raqamlarni Andijonda Qirgʻiziston fuqarosidan sotib olganini tan olgan.

Bu shaxs Andijon viloyatida ushlandi. U soxta raqamlarni sotgan, ularni tayyorlashni esa chet elga buyurtma qilgan.

Hukmni Yunusobod tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi chiqardi:

  • 17 yoshli haydovchi davlat raqamlarini qonunga xilof ravishda ishlatish va qalbakilashtirishda aybdor deb topilib, 15 bazaviy hisoblash miqdorida, yaʼni 6,6 mln soʻm jarimaga tortildi;
  • sotuvchi xuddi shu modda va voyaga yetmagan shaxsni jinoyatga jalb qilishda aybdor deb topildi, jarima 150 bazaviy hisoblash miqdori, yaʼni 66 mln soʻmni tashkil etdi.

Jarima toʻliq toʻlangach, sotuvchi Oʻzbekistondan deportatsiya qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, fevralda Toshkentda maktab oʻquvchisi rulda yoʻl xizmati xodimini urib yuborgan edi.

Ulashish
Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Internetdagi arzon telefon va soatlar aldov boʻlib chiqdi: Toshkentda gumonlanuvchi ushlandi O‘zbekiston Qarshi yoʻlakda piyodani urib yuborishiga sal qoldi: Sirdaryolik haydovchini nima kutmoqda O‘zbekiston Toshkent shahar xizmatlari xodimlarini amerikalik maslahatchilar oʻqitadi O‘zbekiston Sergeli aholisi bilishi kerak: Chirchiq boʻyida nima qilishmoqchi O‘zbekiston