Oʻqituvchilikka joylashtirish vaʼdasi uchun: Samarqandda maktab direktori kabinetida ushlandi
Samarqandda shahar maktablaridan birining direktori xizmat kabinetida 400 dollar olayotganda ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament talqiniga koʻra, u bu pulni boshqa ayolni oʻz maktabiga oʻqituvchi qilib joylashtirish vaʼdasi uchun olgan. Pora olish boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Samarqand shahridagi umumtaʼlim maktablaridan birining direktori maxsus tezkor tadbir chogʻida ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati. Uni departamentning Samarqand shahar boshqarmasi xodimlari boshqa huquq-tartibot idoralari bilan birga oʻtkazgan.
Ayol oʻz xizmat kabinetida 400 dollar olayotgan paytda ushlangan. Tergov talqiniga koʻra, u bu pul evaziga boshqa ayolni oʻz maktabiga oʻqituvchi qilib joylashtirishga vaʼda bergan.
Jinoyat kodeksining «Pora olish» moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, iyulda Samarqandda prokuror oʻrinbosari poraxoʻrlik ishi boʻyicha qamalgan edi.
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.