Fargʻona viloyatida hokim yordamchisi iPhone 17 Pro Max olayotganda ushlandi
Fargʻona viloyatida hokim yordamchisi tijorat bankidagi tanishlari orqali 150 mln soʻmlik kredit rasmiylashtirishga yordam berish evaziga iPhone 17 Pro Max talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.
Idora maʼlumotlariga koʻra, erkak fuqaroga tijorat bankida ishlaydigan tanishlari orqali 150 mln soʻmlik kredit olishga yordam berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga u iPhone 17 Pro Max talab qilgan. U smartfonni olayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov olib borilmoqda.
Nashrni qo‘llab-quvvatlash
Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.