Toshkentda erkak avtobusda shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Bektemir tuman jinoyat ishlari boʻyicha sudida jinsiy shilqimlikda ayblangan 24 yoshli erkakka nisbatan maʼmuriy ish koʻrib chiqildi, deyiladi sud qarorida.
Ish materiallariga koʻra, voqea 10-noyabr kuni sodir boʻlgan. Erkak yoʻlovchi ayollardan biriga shilqimlik qilgan: ayol norozilik bildirgach, u baqira boshlagan va uni haqorat qilgan.
Sud majlisida erkak aybini tan olgan, qilmishidan pushaymon boʻlib, bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytib, suddan yengillik soʻragan.
Sud uni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (jinsiy shilqimlik) va 183-moddasi (mayda bezorilik) boʻyicha aybdor deb topdi. Unga besh sutka maʼmuriy qamoq tayinlandi.
Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.