Oʻzbekistonda 15 yoshdan katta aholining 12 foizi oliy maʼlumotli

Aholi roʻyxati natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda 15 yosh va undan katta har ming kishidan 120 nafari oliy va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimga ega.

O‘zbekiston

Oʻzbekistonda 15 yosh va undan katta har ming aholiga oliy va oliy oʻquv yurtidan keyingi maʼlumotli 120 kishi toʻgʻri keladi. Bu maʼlumotlar Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan aholi roʻyxati natijalari boʻyicha eʼlon qilindi.

Statistikaga koʻra, oliy va oliy oʻquv yurtidan keyingi maʼlumotga 3,3 mln kishi, yaʼni ushbu yosh guruhidagi aholining 12 foizi ega. Yana 9,7 mln kishi (35,8 foiz) oʻrta maxsus va kasb-hunar, 11,6 mln kishi (42,8 foiz) esa umumiy oʻrta maʼlumot olgan.

Mamlakat taʼlim tashkilotlarida yetti yoshdan katta 9,6 mln kishi oʻqiydi. Ulardan 4,9 mln nafari erkaklar (51,5 foiz), 4,6 mln nafari ayollar (48,5 foiz).

Oliy taʼlim tashkilotlarida 1,7 mln kishi tahsil olmoqda. Talabalar orasida ayollar ulushi 49 foizni tashkil etadi.

Nashrni qo‘llab-quvvatlash Bir bosish — mustaqil tahririyatga katta yordam

Добавьте Vzglyad.uz в предпочтительные источники Google. Это бесплатно и занимает 5 секунд, а для нас — лучшая поддержка и мотивация работать ещё лучше.

Mavzu bo‘yicha yana

Barcha materiallar
Oʻzbekistonda mustaqil media-ombudsman institutini tashkil etish imkoniyati oʻrganiladi O‘zbekiston Qoʻqonda mast holdagi 66 yoshli erkak mehmonini lom bilan oʻldirdi O‘zbekiston Toshkentda ayollar koʻylagidagi erkak oʻquv markazini talamoqchi boʻldi O‘zbekiston Toshkentda notoʻgʻri toʻxtatilgan avtomobillar evakuatsiya qilinadi: bu qancha turadi O‘zbekiston