Toshkent viloyatida qadimiy ibodatxona topildi
 
                         
                         
                         
                         
                         
                         
                         
        O‘zbekistonda isitish mavsumida gaz iste’molining bazaviy normasi oyiga 500 kub metrgacha — 5 barobarga oshiriladi. Ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va gaz uchun oylik kompensatsiya hamda qish mavsumi oldidan 1 mln so‘mdan bir martalik yordam pullari to‘lab beriladi.
Toshkent viloyatidagi Qanqa yodgorligida arxeologlar tomonidan topilgan V-VIII asrlarga oid ibodatxona va marosim sovg‘asi sifatida qoldirilgan sovut parchalari turkiy xalqlarning harbiy madaniyatini chuqurroq o‘rganish va o‘sha davr hunarmandchiligining yuqori darajasini tasdiqlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Shpitsbergendagi Jahon urug‘lik omboriga genetik xilma-xillikni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash uchun qovun, tarvuz va “Qayroqtosh” bug‘doyi kabi 20 dan ortiq qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari namunalarini topshirdi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Golden House kompaniyasi shartnomalarining ayrim bandlarini noqonuniy deb e’lon qildi. Bu bandlar shartnomani bekor qilganlik uchun yoki mijoz kompaniya faoliyati haqida OAV yoxud davlat organlariga shikoyat bilan murojaat qilgan taqdirda 10 foiz miqdorida jarima solishni nazarda tutgandi. Qo‘mita quruvchi kompaniyaga mazkur qonunbuzarliklarni bartaraf etishni majburiy qilib qo‘ydi.
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi “Mehrli yulduz” xususiy bog‘chasida 24-oktyabr kuni qarovsiz qolgan bir yarim yashar qizaloq cho‘kib ketdi.
31-oktyabr kuni Toshkentning Sergeli tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari tufayli Qumariq, Qut-baraka va Eshonbuloq mahallalarida gaz qisman o‘chiriladi.
31-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechga tomon Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 20-25°, shimolda 13-18° bo‘ladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, noyabr oyining boshida O‘zbekistonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda: 3–4-noyabrdan mamlakatga sovuq havo massasi kirib keladi, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, harorat kechasi 0–3 daraja sovuqqacha, kunduzi 8–13 daraja iliqqacha pasayadi.
Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida inklyuziv ta’lim platformasi va Ayollar yetakchilik akademiyasini tashkil etishdan tortib, sun’iy intellekt, madaniy meros va media savodxonlik forumlarini o‘tkazishgacha bo‘lgan qator tashabbuslarni ilgari surdi, shuningdek, “UNESCOning ekologik poytaxti” maqomini ta’sis etishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda UNESCO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, hamkorlikni kengaytirish, Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi yakunlari va qo‘shma loyihalarni muhokama qildi, madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun unga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Markaziy bank 31-oktyabr kungi valyuta kurslarini yangiladi. Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, yevro va dollar qimmatlashadi, rubl arzonlashadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi maktablarda niqob taqish rejimi joriy etilgani haqidagi mish-mishlarni rad etib, bu faqat tavsiyaviy xarakterga ega ekani va joylardagi epidemiologik vaziyatga bog‘liqligini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish, savdo-investitsiya aloqalarini o‘stirish hamda gumanitar munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Olmos” podstansiyasida demontaj ishlari olib borilayotgani sababli soat 17:00 ga qadar elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi.
2026-yil fevral oyidan boshlab O‘zbekistonda “A” va “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olishni xohlovchilar avtomaktablarda amaliyot o‘tashi shart bo‘lgan holda mustaqil ravishda nazariyani o‘rganishi mumkin bo‘ladi, shuningdek, moped va skuter haydovchilari uchun yangi A1 toifasi joriy etiladi.
Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish bo‘yicha 2026-yildan boshlab rasmiy band bo‘lgan barcha fuqarolarga Ijtimoiy himoya jamg‘armasi orqali homiladorlik, tug‘ish va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lovlarni bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutuvchi takliflarni ma’qulladi.
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yangi aeroport qurilishi uchun Xalqobod va Yangiyo‘l mahallalaridagi uylar buziladi, aholiga kompensatsiya va’da qilindi va ularni to‘lash tartibi tushuntirildi.
O‘zbekistonda 2025-yil isitish mavsumida 1,1 millionga yaqin oilaga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi, buning uchun davlat byudjetidan 1,2 trillion so‘m ajratiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi elektr energiyasi uchun to‘lovlar bir haftaga to‘xtatilgani haqidagi mish-mishlarni rad etib, yangi hisobga olish tizimiga o‘tilmayotgani va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar ishonchsiz ekanini ma’lum qildi.
30-oktyabr kuni soat 9:00 dan 31 oktyabr kuni soat 9:00 gacha Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Gulsanam ko‘chasida suv quvuri ulanishi sababli bir qator uylarda suv vaqtincha o‘chiriladi.
30-oktyabrda respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin, harorat 20-25° bo‘ladi.
O‘zbekistonda mansabdor shaxslarning samaradorligini Samaradorlik.uz platformasi orqali baholash tizimi joriy etiladi, bunda ularning faoliyati “qoniqarsiz”dan “a’lo”gacha bo‘lgan to‘rtta daraja bo‘yicha o‘lchanadi.
Rossiyada RFKP deputatlari rus tili ona tili bo‘lgan chet elliklar va repatriantlarning bolalarini maktabga kirishda rus tili bo‘yicha majburiy testdan ozod qilishni taklif qildi.
Markaziy bank kotirovkalarni 30-oktyabrgacha yangiladi. Dollar kursi 12 ming so‘mdan pastladi.
Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi. Ushbu agentlik texnikumlarni muvofiqlashtirish va kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish vazifasini bajaradi. Shuningdek, moliyalashtirish va biznes bilan hamkorlikning yangi mexanizmlari ham ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Markaziy banki banklarga qarz oluvchilar va omonatchilarni himoya qilishni kuchaytirish, jumladan, xavf-xatarlar haqida majburiy xabardor qilish, qiyin vaziyatlarda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va insofsiz kredit amaliyotlarini taqiqlash bo‘yicha yangi talablarni tasdiqladi.
Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb 29-oktyabr–1-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi, uning doirasida siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Toshkent viloyatida dars paytida bolalarni urib, haqorat qilgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi. Voqeaga reaksiya bildirmagani uchun maktab direktori o‘rinbosariga hayfsan e’lon qilindi.
Toshkentning ikki tumanida gaz o‘chdi. Ta’minot kechga yaqin tiklanadi. Iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 87 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi. Ular davlat xizmatchilarining ish haqini oshirish, talabalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar bog‘chalari va maktablarni ta’mirlash va jihozlash, tibbiy asbob-uskunalar sotib olish, madaniy loyihalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.