Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishi qayta ishga tushdi
1-noyabrdan Toshkentda yerusti halqa metro liniyasi o‘z ishini boshladi — rejali ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng 12 ta poyezd yetti daqiqalik interval bilan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi.
Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, uning yakunida tomonlar iqtisodiyot, ta’lim, raqamlashtirish va ekologiya sohalarida kelishuvlar to‘plamini, shuningdek, qo‘shma bayonotni imzoladi — loyihalarning umumiy portfeli 1 milliard yevrodan oshdi.
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat 15-20°, poytaxtimizda 16-18°, tog‘larda 8-13° bo‘ladi.
O‘zbekistonda tadbirkorlarga asossiz jarima solganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif qilindi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiyasi eksporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va 18 oy ichida qurib bitkazilishi rejalashtirilgan yangi “Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurishga kelishib oldi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarning 1-noyabr uchun kotirovkalarini yangiladi. Deyarli barcha kurslar, eng kuchlisi funt va yevro kursi tushib ketdi.
Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistonning sakkiz viloyatida umumiy maydoni 160 gektardan ortiq bo‘lgan 47 ta qattiq maishiy chiqindi poligoni rekultivatsiya qilindi, qariyb 90 gektar yer tabiatga qaytarildi.
O‘zbekiston Senati kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni tezroq undirish imkonini beruvchi soddalashtirilgan ijro ishi yuritishni qo‘llashni kengaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Toshkentda 19 yoshli ofitsiant jinsiy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi. U hamkasbiga intim video va behayo xabarlar yuborgan.
1-iyundan boshlab O‘zbekistonda 114 mingdan ortiq haydovchiga jarima ballari qo‘llanildi, YTHlar soni 6,3 foizga, haydovchilar aybi bilan sodir bo‘lgan avariyalar esa 31,2 foizga kamaydi.
O‘zbekistonda isitish mavsumida gaz iste’molining bazaviy normasi oyiga 500 kub metrgacha — 5 barobarga oshiriladi. Ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va gaz uchun oylik kompensatsiya hamda qish mavsumi oldidan 1 mln so‘mdan bir martalik yordam pullari to‘lab beriladi.
Toshkent viloyatidagi Qanqa yodgorligida arxeologlar tomonidan topilgan V-VIII asrlarga oid ibodatxona va marosim sovg‘asi sifatida qoldirilgan sovut parchalari turkiy xalqlarning harbiy madaniyatini chuqurroq o‘rganish va o‘sha davr hunarmandchiligining yuqori darajasini tasdiqlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Shpitsbergendagi Jahon urug‘lik omboriga genetik xilma-xillikni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash uchun qovun, tarvuz va “Qayroqtosh” bug‘doyi kabi 20 dan ortiq qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari namunalarini topshirdi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Golden House kompaniyasi shartnomalarining ayrim bandlarini noqonuniy deb e’lon qildi. Bu bandlar shartnomani bekor qilganlik uchun yoki mijoz kompaniya faoliyati haqida OAV yoxud davlat organlariga shikoyat bilan murojaat qilgan taqdirda 10 foiz miqdorida jarima solishni nazarda tutgandi. Qo‘mita quruvchi kompaniyaga mazkur qonunbuzarliklarni bartaraf etishni majburiy qilib qo‘ydi.
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi “Mehrli yulduz” xususiy bog‘chasida 24-oktyabr kuni qarovsiz qolgan bir yarim yashar qizaloq cho‘kib ketdi.
31-oktyabr kuni Toshkentning Sergeli tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari tufayli Qumariq, Qut-baraka va Eshonbuloq mahallalarida gaz qisman o‘chiriladi.
31-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechga tomon Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 20-25°, shimolda 13-18° bo‘ladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, noyabr oyining boshida O‘zbekistonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda: 3–4-noyabrdan mamlakatga sovuq havo massasi kirib keladi, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, harorat kechasi 0–3 daraja sovuqqacha, kunduzi 8–13 daraja iliqqacha pasayadi.
Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida inklyuziv ta’lim platformasi va Ayollar yetakchilik akademiyasini tashkil etishdan tortib, sun’iy intellekt, madaniy meros va media savodxonlik forumlarini o‘tkazishgacha bo‘lgan qator tashabbuslarni ilgari surdi, shuningdek, “UNESCOning ekologik poytaxti” maqomini ta’sis etishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda UNESCO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashib, hamkorlikni kengaytirish, Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi yakunlari va qo‘shma loyihalarni muhokama qildi, madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun unga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Markaziy bank 31-oktyabr kungi valyuta kurslarini yangiladi. Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, yevro va dollar qimmatlashadi, rubl arzonlashadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi maktablarda niqob taqish rejimi joriy etilgani haqidagi mish-mishlarni rad etib, bu faqat tavsiyaviy xarakterga ega ekani va joylardagi epidemiologik vaziyatga bog‘liqligini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish, savdo-investitsiya aloqalarini o‘stirish hamda gumanitar munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Olmos” podstansiyasida demontaj ishlari olib borilayotgani sababli soat 17:00 ga qadar elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi.
2026-yil fevral oyidan boshlab O‘zbekistonda “A” va “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olishni xohlovchilar avtomaktablarda amaliyot o‘tashi shart bo‘lgan holda mustaqil ravishda nazariyani o‘rganishi mumkin bo‘ladi, shuningdek, moped va skuter haydovchilari uchun yangi A1 toifasi joriy etiladi.
Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish bo‘yicha 2026-yildan boshlab rasmiy band bo‘lgan barcha fuqarolarga Ijtimoiy himoya jamg‘armasi orqali homiladorlik, tug‘ish va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lovlarni bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutuvchi takliflarni ma’qulladi.
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yangi aeroport qurilishi uchun Xalqobod va Yangiyo‘l mahallalaridagi uylar buziladi, aholiga kompensatsiya va’da qilindi va ularni to‘lash tartibi tushuntirildi.
O‘zbekistonda 2025-yil isitish mavsumida 1,1 millionga yaqin oilaga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi, buning uchun davlat byudjetidan 1,2 trillion so‘m ajratiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi elektr energiyasi uchun to‘lovlar bir haftaga to‘xtatilgani haqidagi mish-mishlarni rad etib, yangi hisobga olish tizimiga o‘tilmayotgani va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar ishonchsiz ekanini ma’lum qildi.
30-oktyabr kuni soat 9:00 dan 31 oktyabr kuni soat 9:00 gacha Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Gulsanam ko‘chasida suv quvuri ulanishi sababli bir qator uylarda suv vaqtincha o‘chiriladi.