BRIKS mamlakatlari AQSH dollaridan voz kechsa, 100 foizlik bojga duch keladi, dedi AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp.
“Biz ushbu davlatlardan BRIKSning yangi valyutasini yaratmaslik va qudratli AQSH dollarini almashtirish uchun boshqa hech qanday valyutani qoʻllab-quvvatlamaslik majburiyatini talab qilamiz”, — deya Trampning soʻzlarini keltirmoqda DW portali.
Yangi davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, BRIKS AQSH valyutasini almashtirib, xalqaro savdo uchun dollarning qiymatini kamaytirolmaydi.
AQSH dollarini almashtirishga uringan taqdirda, Tramp BRIKS davlatlariga 100 foiz boj vaʼda qildi.