Buxoroning tarixiy markazida shaharning tarixiy qismida mototransport vositalari, jumladan, mototsikl, skuter, velosiped va mopedlarning harakati taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, ushbu turdagi mototransport vositalari madaniy meros obyektlariga zarar yetkazishi, shuningdek, sayyohlar va mahalliy aholi uchun xavfsizlikka tahdid solishi mumkin.
Mahalliy aholiga yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik haqida eslatib oʻtildi.
Ayni paytda tarixiy obidalar yonida ogohlantiruvchi yoʻl belgilari oʻrnatilmoqda.