Bugun poytaxtning Yakkasaroy tumanida gaz taʼminoti qisman toʻxtatiladi. “Hududgaz poytaxt” xabar berishicha, mutaxassislar rejadagi taʼmirlash ishlarini amalga oshirishadi.
4-dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Uzilish “Tepa” va “Konstitutsiya” mahallalaridagi aholi va tadbirkorlarga taʼsir koʻrsatadi.
Jami 400 dan ortiq kvartira, 310 ta xonadon va 18 ta yirik isteʼmolchi gaz taʼminotisiz qoladi.